UEFA Italiya - AQSH o'yinida VAR tizimini sinab ko'radi

Aslanov Jasurbek
13 noya 2018, 16:43
UEFA 20 oktyabr kuni Genkda bo'ladigan Italiya hamda AQSH o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida videoassistent tizimi (VAR)ni sinovdan o'tkazadi.

Sentyabr oyida UEFA ijro qo'mitasi 2019/20 mavsumdan boshlab Chempionlar ligasida foydalanish borasida qaror qabul qilgan edi. Ushbu turnirdan so'ng tizim Evro-2020, Yevropa ligasi va Millatlar ligasi final bosqichlarida qo'llaniladi. Tashkilot bu tizimni foydalanishga topshirishdan avval bir nechta o'yinda VARni sinab ko'radi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA