UEFA Yevropa chempionati mezbonlari sonini kamaytirmoqchi, Ispaniya va Italiya esa...

Alisher
9 apr 2020, 13:18
UEFA Yevropa chempionati formatini o'zgartirish borasida muhokamalarni boshladi.

Xabarlarga ko'ra, UEFA Evro mezbonlari sonini kamaytirishi mumkin. Qita musobaqasini koronavirus epidemiyasidan so'ng hamma mezbonlar ham qabul qilishga tayyor bo'lmasligi aytilmoqda.

Takidlanishicha, Italiya va Ispaniya Evro o'yinlarini o'tkazishdan bosh tortishi mumkin. COVID-19'dan aynan ushbu hududlar eng ko'p zarar ko'rgan.

Eslatib o'tamiz, Evro-2020 o'yinlari koronavirus sababli keyingi yil, yani 2021 yilda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: dailymail.co.uk