UEFA Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
14 apr 2017, 16:10
Kecha UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi borasida so'rovnoma boshlagan edi.

Da'vogarlar orasida quyidagi futbolchilar mavjud edi: Paulo Dibala ("Yuventus"), Kilian Mbappe ("Monako"), Krishtianu Ronaldu ("Real") va Antuan Grizmann ("Atletiko").

"Yuventus" - "Barselona" uchrashuvida Paulo Dibala dublga erishdi. Kilian Mbappe ham "Borussiya"ga qarshi o'yinda 2 ta gol urdi. Krishtianu Ronaldu "Bavariya" darvozasiga 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Antuan Grizmann esa "Lester Siti" bilan o'yinda penaltini golga aylantirdi.

Haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu sazovor bo'ldi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia