UEFA Chempionlar ligasida aniq paslar bo'yicha Vitsel yetakchi

Aslanov Jasurbek
6 dek 2018
UEFAning "Tvitter"dagi sahifasi joriy mavsum Chempionlar ligasida aniq pas berish bo'yicha yetakchilar reytingini e'lon qildi.

Unga ko'ra, 2018/19 mavsumda aniq pas ko'rsatkichi bo'yicha Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel eng yaxshi bo'lib turibdi. U Chempionlar ligasining 5ta uchrashuvida 447ta pas bergan va ularning 96% (427) o'z manziliga aniq yetib borgan. Keyingi o'rinlar "Real" va "Barselona" vakillariga tegishli.

UEFA Chempionlar ligasida aniq paslar bo'yicha yetakchilar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia