

Bu haqda Mundo Deportivo nashri UEFAga tayanib xabar bermoqda.
Kataloniyaliklar o'z muxlislari tomonidan fayerlar yoqilgani uchun 15,5 ming evro*jarima to'laydi. Yana 15 ming evro jarima esa maydonga chiqishdagi kechikish bilan bog'liq. Takidlanishicha, bu kechikish "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning harakatlari tufayli yuzaga kelgan. UEFA Flikka ogohlantirish berdi, bu ogohlantirish kelajakda qo'shimcha jazoga aylanishi mumkin.



