

Ushbu uchrashuvda Xulian Alvaresning tepgan penaltisi bekor qilindi. Bu borada "Atletiko" UEFAga murojaat bilan chiqqan.
"Videotasvirlar orqali zarba berilgunga qadar Xulian Alvaresning tayanch oyog'i to'pga minimal darajada tekkanligi ko'ringan. O'yin qoidalarining 14.1 bo'limi orqali ma'lum qilishimiz kerakki, bunday holatda VAR hakamni bu holatdan ogohlantirishi va gol bekor qilinishi kerak.
UEFA zarba berilgunga qadar to'pning tayanch oyog'iga tegib ketishidan keyin uriladigan gollar qoidasini FIFA va IFAB bilan qayta ko'rib chiqmoqda", - deb yoziladi bayonotda.



