UEFA 2018/19 mavsumdan qo'shimcha vaqtda to'rtinchi o'zgarishga ruxsat berdi

Aslanov Jasurbek
27 mar 2018, 15:24
UEFA kelasi mavsumdan kuchga kiruvchi Chempilonlar ligasi va Yevropa ligasi reglamentidagi o'zgarishlarni tasdiqladi.

Ushbu o'zgarishlar Bratislava va Cyurixda o'tgan yig'ilashlarda muhokama qilingan edi va ular 2018/19 mavsumdan kuchga kiradi.

Bu o'zgarishlar Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va UEFA Superkubogida qo'llaniladi:

- 2018/19 mavsumdan boshlab pley-off o'yinlarining qo'shimcha vaqtida to'rtinchi o'zgartirish amalga oshirish mumkin;

- Chempionlar ligasi finali, Yevropa ligasi finali va UEFA Superkubogi uchun bahs qaydnomasiga 23 nafar futbolchini kiritish mumkin. Avval bu tarkib 18 o'yinchi bilan cheklanar edi. Shunday qilib, zaxira o'rindig'ida oldingidek 7 emas, 12 nafar zaxira futbolchisi o'tira oladi.

- Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi guruh bosqichidan so'ng, klub taqiqi bo'lmagan 3 nafar futbolchini qaydnomaga kiritishi mumkin.

- 2018/19 mavsumdan boshlab Yevropa ligasida (yoki UEFA Kubogida) ketma-ket uch marta yoki umumiy hisoblaganda besh marta g'olib chiqqan jamoa futbolkasida maxsus belgi bo'ladi. Ushbu turnirda 5 marta g'alabaga erishgan "Sevilya" kelasi mavsum evrokubokda ishtirok etsa, shunday belgi bilan o'ynashi mumkin. Bunday anana Chempionlar ligasida mavjud.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA