

Turning markaziy o'yini “Zomin” - “Nurafshon” (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar sardorining uchrashuv haqida fikrlari bilan qiziqdik.
- “Uchrashuvda g'alaba qozonish biz uchun biroz qiyin bo'ldi. Birinchi bo'lim deyarli teng kurashlar bilan boshlandi. Himoyadagi yo'qotishlar uchrashuvga ta’sir o'tkazmasdan qo'ymadi va birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda esa xujumlar sonini ko'paytirib, g'alaba qozondik. O'yingohga tashrif buyurgan muxlislarimiz ishonchini oqladik”, - dedi jamoa sardori.
Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.



