U23 Osiyo chempionati. Bugun O'zbekiston OTJ mashg'ulot o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2016, 11:31
O'zbekiston olimpiya terma kecha Janubiy Koreyaga qarshi bahs bilan U23 Osiyo chempionatini boshladi.

Bugun Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa Doxada Iroqqa qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlaydi. Doxa vaqti bilan soat 11:00da kecha maydonga tushganlar trenajer zalida shug'ullanishadi, maydonga tushmaganlar esa to'p bilan ishlashadi. Kechki mashg'ulotlarda esa barcha futbolchilar qatnashishadi. Bu mashg'ulot mahalliy vaqt bilan soat 19:00da boshlanadi (Toshkentda 21:00 bo'ladi).

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Iroq uchrashuvi 16 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia