

Bugun Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa Doxada Iroqqa qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlaydi. Doxa vaqti bilan soat 11:00da kecha maydonga tushganlar trenajer zalida shug'ullanishadi, maydonga tushmaganlar esa to'p bilan ishlashadi. Kechki mashg'ulotlarda esa barcha futbolchilar qatnashishadi. Bu mashg'ulot mahalliy vaqt bilan soat 19:00da boshlanadi (Toshkentda 21:00 bo'ladi).
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Iroq uchrashuvi 16 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30da start oladi.



