U-23 Osiyo chempionatining barcha o'yinlarida VAR tizimidan foydalaniladi

Narzulla Saydullayev
23 dek 2019, 16:08
Navbatdagi 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati start olishiga ham sanoqli kunlar qoldi.

8-26 yanvar kunlari Tailandning Bangkok, Buriram va Songxla shaharlarida qita chempionati final bosqichi o'tkaziladi.

Olimpiada yo'llanmalari uchun bahs olib boriladigan ushbu musobaqa Osiyo futboli tarixidan o'rin oladi. Zero ushbu musobaqa Video Assistant Referee (VAR) tizimi to'liq tartibda foydalaniladigan ilk OFK turniriga aylanadi.

Bilasiz, 2019 yilgi Osiyo kubogining chorak finalidan boshlab VAR tizimi qo'llanilgan edi. Ushbu muvaffaqiyatli sinovdan so'ng qita futbol konfederatsiyasi Tailand-2020ning barcha 32 ta o'yinida ham VAR tizimidan foydalanishga qaror qildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz