U-23 Osiyo chempionati. Janubiy Koreya yanvar oyi boshida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2015, 17:09
12 yanvar kuni Doxa shahrida U-23 Osiyo chempionati start oladi.

Unda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ham ishtirok etadi. Samvel Babayan boshchiligidagi jamoamiz guruhda Janubiy Koreya, Iroq va Yamanga qarshi kurash olib boradi.

Guruhdoshimiz Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi yanvar oyi boshida Dubayda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Dastlab 4 yanvarda "Al Shabab" stadionida BAA olimpiyachilariga qarshi o'yin bo'lib o'tsa, 7 yanvar kuni xuddi shu stadionda Saudiya Arabistoniga qarshi bahs o'tkaziladi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasidagi o'yin 13 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia