U-23 Osiyo chempionati. Dastlabki ikki o'yinga hakamlar tayinlandi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2020, 14:43
OFK Tailanddagi U-23 Osiyo chempionatining ilk uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar nomini e'lon qildi.

Unga ko'ra Tailand va Bahrayn o'rtasidagi ochilish uchrashuvini Ryuji Sato boshchiligidagi yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. 

Xitoylik Fu Ming boshchiligidagi hakamlar esa Iroq va Avstraliya o'rtasidagi musobaqaning dastlabki o'yinida ishlashadi. 

Ma'lumot uchun, bu yilgi U-23 Osiyo chempionatida hakamlar VAR tizimidan foydalanishadi.


U-23 Osiyo chempionati
"A" guruhi, 1-tur
Tailand - Bahrayn
8 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 18:15 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam:
Ryuji Sato (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Xiroshi Yamauchi va Jun Mixara (ikkalasi Yaponiya)
To'rtinchi hakam: Ahmad Abu Bakar Said Al Kaf (Ummon)
VAR hakami: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)
VAR yordamchi hakamlar: Iida Jumpey va Tojo Minoru (ikkalasi Yaponiya)

Iroq - Avstraliya
8 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Tammasat" stadioni. 15:15 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam:
Fu Ming (Xitoy)
Qanot hakamlari: Shi Siang va Kao Yi (ikkalasi Xitoy)
To'rtinchi hakam: Xettikankanamge Dilan Perera (Shri-Lanka)
VAR hakami: Ma Ning (Xitoy)
VAR yordamchi hakami: Liu Kvok Man (Gonkong) va Ko Xyung Jin (Janubiy Koreya)


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqadagi dastlabki o'yinni 9 yanvar kuni Eronga qarshi o'tkazadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:15da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia