U-23 Osiyo chempionati. Chorak final bahslari qachon bo'lib o'tadi? (taqvim)

Eldor Akmurzayev
16 yanv 2020, 20:39
Xabaringiz bor, bugun Tailandda davom etayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatining chorak finaliga yo'l olgan barcha ishtirokchilar nomi ma'lum bo'ldi.

O'zbekiston OTJ ushbu bosqichda BAA futbolchilariga qarshi to'qnash keladi va mazkur o'yin 19 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:15da Bangkokdagi "Rajamangala" o'yingohida bo'lib o'tadi.

1/4 finalning to'liq taqvimi esa quyidagi ko'rinishda:

18 yanvar, 15:15. Saudiya Arabistoni – Tailand

18 yanvar, 18:15. Avstraliya – Suriya

19 yanvar, 15:15. J,Koreya – Iordaniya

19 yanvar, 18:15. O'zbekiston – BAA

Ma'lumot o'rnida, musobaqaning yarim final bahslari 22 yanvar, uchinchi o'rin uchun o'yin 25 yanvar hamda hal qiluvchi bellashuv (final) 26 yanvar sanasiga belgilangan. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia