U-22 yoshlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati 2016 yili Qatarda o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2014, 17:21
2016 yili bo'lib o'tadigan U-22 yoshlar o'rtasidagi Osiyo Chempionatiga Qatar mezbonlik qiladi.
Bu haqda ayni kunlarda Filippin poytaxti Manila shahrida bo'lib o'tayotgan OFK yig'ilishida qaror qabul qilindi. Takidlash joiz, 2016 yilgi qita chempionati mezbonligiga Qatardan tashqari O'zbekiston, Saudiya Arabistoni va Eron mamlakatlari da'vogarlik qilishgan edi.

Qatardagi musobaqa OFK taqvimiga ko'ra 2016 yilning mart oyida o'tkaziladi. Maulmot uchun, ushbu qita chempionati shuningdek 2016 yili Rio-de-Janeyro shahrida o'tkaziladigan Olimpiada o'yinlarining futbol musobaqasi uchun saralash vazifasini o'tab beradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com