

O'z guruhlarda birinchi o'rinni egallagan Ispaniya, Germaniya hamda Ruminiya terma jamoalari, shuningdek, guruhlardagi ikkinchi o'rinlar orasida eng yaxshi natijaga ega bo'lgan Fransiya terma jamoasi yarim final yo'llanmasiga ega chiqdi. Mezbon italiyaliklar esa muddatidan oldin musobaqa bilan hayrlashdi.
Demak, 27 iyun kuni bo'lib o'tadigan ½ final juftliklari quyidagicha ko'rinish olgan:
Ispaniya – Fransiya
Germaniya – Ruminiya
Ushbu terma jamoalar, kelasi yil Tokioda bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritishdi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning hal qiluvchi o'yini 30 iyun sanasiga belgilangan.



