U-20 Osiyo kubogi yaqin. Indoneziya O'zbekistonga kelishdan oldin xalqaro musobaqada qatnashdi

Administrator
21 fev 2023, 22:31
1 mart kuni O'zbekistonda U-20 Osiyo kubogi musobaqasi boshlanadi.

"A" guruhida ishtirok etuvchi Indoneziya terma jamoasi bo'lajak musobaqadan oldin Jakartada tashkil etilgan xalqaro turnirda qatnashdi. 

Dastlabki turda Indoneziya Fijini 4:0 hisobida taslim qildi. Gollarni Arxan Fikri, Rudianto Kakang, Resa Aditiya va Xokki Karaka urishdi. 

Ikkinchi turda Yangi Zelandiyaga imkoniyat boy berildi - 1:2. Indoneziya safida yagona golni Muhammad Ferrari urdi. 

Bugun so'nggi turda Gvatemalaga qarshi bahsda 0:1 hisobi qayd etildi. 


"PSSI U-20 Mini Tournament"

1-tur

Indoneziya - Fiji 4:0

Gollar:  Arxan Fikri 35, Rudianto Kakang 50, Resa Aditiya 60, Xokki Karaka 86. 

Indoneziya - Yangi Zelandiya 1:2

Gollar: Muhammad Ferrari 90+5 - Kolloti 58, Xerdman 70. 

Indoneziya - Gvatemala 0:1

Gol: Solorzano 22

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia