

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mundialning ochilish bahsida mezbon Argentinaga qarshi maydonga tushadi. "Estadio Unico Madre de Ciudades" stadionida o'tadigan bahs Toshkent vaqti bilan tunggi soat 02:00da boshlanadi.
O'zbekiston terma jamoasi ushbu bahsda to'liq ko'k rangli formada, darvozabon esa to'q sariq formada o'ynaydi.
U-20 Jahon chempionati, 1-tur
Argentina - O'zbekiston
21 may 2023 yil. Santyago del Estero, "Estadio Unico Madre de Ciudades" stadioni. 02:00 (Uzreport TV LIVE)
Hakamlar: Fransua Leteksie (Fransiya), Siril Mune (Fransiya), Mehdi Rahmuni (Fransiya), Bou Abdulaziz (JAR).



