U-19 Osiyo chempionatiga 30 may kuni qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
28 apr 2016, 12:25
19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga 30 may kuni qur'a tashlanadi.

Marosim Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi, - deb yoziladi O'FFning tvittyerdagi rasmiy sahifasida. 

Ma'lumot uchun, U-19 Osiyo chempionati-2016 saralashida Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "A" guruhi g'olibi bo'lgan va final bosqichiga yo'l olgandi.

OCH-2016ga chiqqan barcha jamoalar: Bahrayn, O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Eron, Iroq, Vetnam, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Tojikiston, Avstraliya, Tailand, KXDR, Yaman.

Ma'lumot uchun, U-19 Osiyo chempionati 2016 yil Bahrayn mamlakatida bo'lib o'tadi. Musobaqa 13 oktyabrda boshlanib 30 oktyabr kuni yakuniga etadi. Qita chempionatida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo'llanma oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia