U-17 Osiyo Kubogi saralash bosqichi haqida ma'lumotlar

Sherzod Nurmatov
10 okt 2022, 11:50
O'zbekiston, Yaponiya, Qatar va boshqa mamlakatlar saralash bosqichida guruh peshqadami sifatida musobaqaning final bosqichiga chiqishdi.

17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogiga yo'l olgan 16 ta terma jamoa quyidagilar:

Yaponiya

Malayziya

Qatar

Saudiya Arabistoni

Hindiston

Yaman

Vetnam

Tailand

Avstraliya

Xitoy

Tojikiston

Afg'oniston

Eron

Laos

O'zbekiston

Koreya Respublikasi

Yaponiya, Malayziya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Yaman, Vetnam, Avstraliya, Tojikiston, Eron va O'zbekiston saralash bosqichida guruh peshqadami sifatida musobaqaning final bosqichiga to'g'ridan to'g'ri yo'l oldi.

Saralash bahslarida 53 ta o'yinda 264 ta gol urildi. Avstraliyalik Nestory Irankunda 8 ta gol bilan saralash bahslari to'purariga aylandi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida eng yaxshi "bombardir" - Lazizbek Mirzaev (4 ta gol).

Ma'lumot uchun, musobaqaning final o'yinlari 2023 yilning 3-20 may kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати