U-17 jahon chempionati. Osiyo hozircha 11 ochko jamg'ardi

Xayrulla Xoliqov
1 noya 2019, 16:51
Xabaringiz bor, shu kunlarda Braziliyada U-17 jahon chempionati bo'lib o'tyapti.

O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida Osiyodan to'rtta jamoa qatnashyapti. Hozircha barcha jamoalar guruh bosqichida ikkitadan o'yin o'tkazib bo'lishdi. Shu o'rinda OFK jamoalari ishtirokidagi o'yinlarda qayd etilgan hisoblarni keltirib o'tsak. 

Ekvador - Avstraliya 2:1, Avstraliya - Vengriya 2:2

Janubiy Koreya - Gaiti 2:1, Janubiy Koreya - Fransiya 1:3

Yaponiya - Gollandiya 3:0, AQSH - Yaponiya 0:0

Tojikiston - Kamerun 1:0, Ispaniya - Tojikiston 5:1 


Dastlabki ikki tur natijalariga ko'ra eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan Yaponiya o'smirlar terma jamoasi bo'lib turibdi. Yaponlar hozircha 4 ochko to'plashdi. Janubiy Koreya bilan Tojikiston hisobida 3 ochkodan bor. Chunki har ikki jamoa keyingi turda mag'lub bo'ldi. Janubiy Koreya Fransiyaga, Tojikiston esa Ispaniyaga yutqazdi. OFKning yana bir vakili Avstraliya hisobida esa 1 ochko mavjud bo'lib, bu jamoa hali g'alaba qozongani yo'q. 

Yaponiya - 4 ochko

Janubiy Koreya - 3 ochko

Tojikiston - 3 ochko

Avstraliya - 1 ochko 

Shunday qilib Osiyo jamoalari o'tkazilgan 8ta o'yinda 11 ochko to'plashdi. Bu yaxshimi yo yomon, xulosa o'zingizdan...

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia