Tyago Silva: "Zeedorfning fanatiman"

PSJ markaziy himoyachisi Tyago Silva yanvarda "Milan"ga bosh murabbiy etib tayinlangan Klarens Zeedorfni qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, o'z vaqtida Silva hamda Zeedorf birgalikda "Milan" sharafini himoya qilishgandi.

"Men Zeedorfning fanatiman. Eng avvalo u mening yaqin do'stim. U "Milan"da ko'p o'zgarishlar qilishi mumkin. Futbol nuqtayi nazaridan u juda ham aqilli va ajoyib mutaxassis", deya braziliyalik futbolchining so'zlaridan italyan nashrlari iqtibos keltirmoqda.

Manba: championat.com