Tyago Silva: "Oltin to'p"ni amplualar bo'yicha topshirilsa to'g'ri bo'lardi"

Tolibjon Qosimov
27 sen 2013, 18:08
"Pari Sen-Jermen" va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Tyago Silva "Oltin to'p"ni har bir amplua bo'yicha alohida topshirilishi kerakligini aytib o'tdi.
"Menimcha "Oltin to'p"ni har bir ampluaga alohida topshirishsa to'g'ri bo'lar edi. Hozirda bu sovrinni faqat hujumkor o'yinchilar qo'lga kiritishmoqda. Bundan tashqari xalqaro o'yinlar eng asosiy faktor bo'lishi lozim. Agar futbolchi jamoasi safida Jahon chempioni bo'lsa u favoritlar qatorida bo'lishi kerak", - deydi Silva.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com