

Ispaniyalik mashg'ulotda jarohat oldi va shu sabab klubning mavsumoldi o'yinlarida ishtirok etmaydi.
"Tyago Alkantara va shifokorlar bilan futbolchi individual programma asosida Germaniyada ishlashiga kelishib oldik" - deydi "Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.
26 yoshli yarim himoyachi klub Xitoydan qaytganidan so'ng jamoaga qo'shiladi. Uning Audi Kubogidagi (1-2 avgust) ishtiroki so'roq ostida emas.



