Tuxelning assistenti "Sporting" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Sherzod Nurmatov
1 apr 2024
Portugaliya klubi Entoni Barri nomzodini ko'rib chiqmoqda.

"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxelning assistenti Entoni Berri Portugaliyaning "Sporting" klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda "Sunday Times".



Ma'lumotlarga ko'ra, Lissabon klubi 37 yoshli angliyalikni Ruben Amorimga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Qizig'i, Entoni Berri "Bavariya"dan tashqari Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesga ham yordam beradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sunday Times