Tuxel Xemilton va Serenaning “Chelsi”ni sotib olishdagi ishtiroki haqida: “Ularning ashaddiy muxlisiman”

Eldor Akmurzayev
23 apr 2022, 09:40
Avvalroq, F-1 yulduzi Lyuis Xemilton va tennischi Serena Uilyams “Chelsi” akciyalarini xarid qilish uchun 10 mln funt sterling sarmoya kiritgani ma'lum bo'lgandi.

“Aristokratlar” ustozi Tomas Tuxel bunga o'z munosabatini bildirdi.

“Ular bu jarayonning bir qismi ekanligini eshitdim. Biroq, hozir bundan ortig'ini ayta olmayman.

Ularning ashaddiy muxlisiman. Ular nafaqat kortda va poyga yo'lagida, balki undan tashqarida ham o'zlarini tanita olgan fantastik sport vakillari hisoblanadi.

Ular masuliyatli va sportdagi faoliyati bilan nom qozongan taniqli shaxslardir. Shu tufayli, ular bizning va mening cheksiz xurmatimga sazovorlar.

Ammo nima bo'layotgani va mazkur holatda ular qanday roldaligi haqida mutlaqo tasavvurga ega emasman”, deydi nemis mutaxassisi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mirror