Tuxel: "Vaydenfellerning kelajagi? Ko'ramiz, u Byurki xaridini qanday qabul qilar ekan"

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2015, 10:49
Dortmundning "Borussiya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel darvozabon Roman Vaydenfeller jamoada qolishiga ishonchi komil emas.

"Vaydenfeller o'zgarishlarni qanday qabul qilishini ko'rishimiz kerak. U bilan suhbat bo'ladi va biz to'g'ri qarorni topamiz. Uch darvozabondan hammasi jamoada qolishi mumkin, ammo ulardan biri "Borussiya"ni tark etish ehtimoli bor" - deydi Tuxel.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com