Tuxel va "Bavariya" yetakchilari o'rtasida mojaro yuzaga keldi

Sherzod Nurmatov
17 avg 2023, 13:16
Myunxen klubidagi vaziyat beqaror.

"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Joshua Kimmix tufayli bir qator futbolchilar va hatto klub rahbariyati bilan tushunmovchilikka bordi. Bu haqda "Bild" yozmoqda.

Murabbiy yarim himoyachining mavsumoldi davrdagi o'yinidan, shuningdek, Germaniya Superkubogidagi harakatlaridan qoniqmadi. Ammo Tuxel ko'proq futbolchining jismoniy holatidan xavotir olmoqda. Uning fikricha, Joshua Kimmix tayanch zonasida emas, balki yarim himoyaning oldingi chizig'ija, yani "sakkizinchi raqam" poziciyasida samaraliroq o'ynaydi. Kimmixga bu o'zgarishlar yoqmaydi. "Bavariya" futbolchilari va rahbariyati Tuxelning yangi tayanch yarim himoyachisi sotib olish talabidan g'azabda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild