Tuxel PSJga qaytishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
17 fev 2023, 11:13
PSJ rahbarlari yangi bosh murabbiy haqida o'ylay boshlagani hech kimga sir emas.

Parij klubi rahbariyatidagi bazi insonlar Tomas Tuxelni qaytarish variantini ilgari surmoqda. Qatar amiri hali ham jamoa boshqaruvini Zinedin Zidanga topshirishni istaydi. Biroq Zidanni ko'ndirishning iloji bo'lmasa, boshqa variantlarga murojaat qilinadi. Jamoa YCHLda omadsizlikka duch kelsa va natijalar ijobiy tomonga o'zgarmasa, yangi bosh murabbiy masalasi uzoq cho'zilmasligi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 2018 - 2020 yillar oralig'ida Tuxel parijliklar ustozi hisoblangan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/hadrien_grenier