

"Biz "Crvena Zvezda"ning ko'plab o'yinlarini tomosha qildik va ular himoyada yaxshi harakat qilishiga e'tibor qaratdik. Boshqa jamoalar ularga gol urishga qiynalgan bo'lardi. ULar 34ta o'yinda mag'lub bo'lishmagan. Bu g'alaba oson qo'lga kiritildi deyishingiz mumkin, ammo aslida bunday emas.
Neymar - Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Ammo jamoamizda bundaylar ko'p. Biz ko'plab bahslarda g'alaba qozondik, chunki jamoamizda iqtidorli futbolchilar bor va PSJ jamoa sifatida kuchli. Neymar o'z jismoniy holati va o'yinidan mamnun. Buni maydonda ko'rishingiz mumkin" - deydi Tuxel.


