

Tuxel boshchiligida "aristokratlar" yana bir marta darvoza dahlsizligini saqlab qolishdi. Bungacha o'tkazilgan ikkita o'yinda ham jamoa "nol"ga o'ynagandi.
So'nggi marotaba "Chelsi"da debyut qilgan murabbiylar ichida faqatgina Joze Mourinyo bunday natijani qayd etgan ekan. O'shanda 2004 yilning avgustida Mourinyo "Chelsi"dagi dastlabki uchta o'yinda gol o'tkazib yubormagan edi.



