Tuxel Messi va Ronaldu davridan keyin “Oltin to'p”ga asosiy nomzod kim bo'lishini aytdi

25 avg 2017, 23:03
“Borussiya” Dortmund jamoasining sobiq ustozi Tomas Tuxel dortmundliklar hujumchisi Usmon Dembelening “Barselona”ga o'tishiga izoh berdi.

“Dembele – men mashug'lot o'tkazgan futbolchilar orasida eng iqtidorlisi edi. U texnik jihatdan yuksak iqtidor egasi. Futbolda Messi va Ronaldu davri nihoyasiga etgach, Dembele “Oltin to'p”ga asosiy da'vogar futbolchi bo'lib qoladi”, deydi Tuxel.


O'xshash yangiliklar


Manba: www.mundodeportivo.com