Tuxel: "Jeyms Angliya terma jamoasiga chaqirilganidan hayratdaman"

Sherzod Nurmatov
2 okt 2021, 19:21
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Angliyaning oktyabr oyidagi o'yinlari uchun himoyachi Ris Jeyms taklif qilinganidan hayron qoldi.

21 yoshli futbolchi bir hafta oldin jarohat tufayli safdan chiqqan.

"Jeymsning chaqirilgani haqida eshitganimda, suv polosi bo'yicha Angliya terma jamoasiga chaqirilgandir, deb o'yladim, chunki u hozir basseynda mashg'ulot o'tkazmoqda. Bu meni hayratda qoldirdi. O'ylashimcha, qandaydir tushunmovchilik bo'lgan bo'lsa kerak", – dedi Tuxel.

Angliya terma jamoasi oktyabr oyida JCH -2022 saralashi doirasida Andorra va Vengriyaga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com