Tuxel YCHLda g'olib bo'lgan taqdirda ham klubdan ketishi aniq

Administrator
1 may 2024, 20:55
Buni "Bavariya" bosh ijrochi direktori ma'lum qildi.

"Bavariya" klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Yevropa Chempionlar Ligasini qo'lga kiritgan taqdirida ham Myunxenni tark etadi. Klub bosh ijrochi direktori Yan-Kristian Drezen buni tasdiqladi.

"YCHLni qo'lga kiritib, Tuxel bilan xayrlashsak, bundan barchamiz xursand bo'lamiz. Tuxel ketishini e'lon qilgan paytga e'tibor berish kerak. O'shanda vaziyat boshqacharoq edi", -deydi Drezen.

Ma'lumot uchun, "Bavariya" YCHL yarim finalining ilk bahsida "Real" bilan o'z uyida jangovar (2:2) durang qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano