Tuxel: "Barcha jamoalar kuchayib borayotgan vaqtda biz raqobatbardosh jamoa bo'lmasligimiz ham mumkin"

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022, 13:13
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin Jyul Kundening extimoliy transfer haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Kundening transferi? Hech qanday yangilikni bilmayman. "Chelsi"ga sifatli futbolchilar kerak. Ha, tarkibimiz zo'r. Ammo barcha jamoalar kuchayib borayotgan vaqtda biz raqobatbardosh jamoa bo'lmasligimiz ham mumkin. Bugungi o'yinda bu ko'rindi.

Bu mag'lubiyatga loyiq edik, barchasi adolatli bo'ldi. Eng yomoni, bizning jismoniy tayyorgarligimiz raqiblarnikidan ancha past edi. Ular kuchli tarkibi bilan harakat qilishdi. Bu esa jamoaning APLda qanday ko'rinmoqchi ekanligidan darak", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Oldinroq 23 yoshli fransiyalik futbolchini "Chelsi" bilan ko'p bora bog'lashdi. Ammo katta extimol bilan u "Barselona"ga o'tishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal