Tursunmurod Hamdamov: "Lokomotiv"ga qarshi o'yin og'ir bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2016, 13:35
O'zbekiston kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Mashal" - "Lokomotiv" uchrashuvidan oldin mezbonlar yarim himoyachisi Tursunmurod Hamdamov o'z fikrlarini bildirdi.

"Lokomotiv" ayni paytda O'zbekistonning eng kuchli klubi ekanini barcha biladi. Lekin biz maydonga mag'lubiyatni tan olib tushmaymiz. Lekin o'yin og'ir bo'ladi. O'z muxlislarimiz qarshisida munosib o'ynashga harakat qilamiz. Kubok bahslarida istalgan hisob qayd etilishi mumkin. Birinchi o'yinda imkon qadar o'zimiz uchun ijobiy natija qayd etsak javob bahsida yarim finalga chiqish uchun imkoniyat paydo bo'ladi", - deydi Tursunmurod Hamdamov.

"Mashal" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia