

Ushbu bahsda jizzaxliklar Shohruz Norxonovning penaltidan kiritgan goli evaziga g'alaba qozonishdi. Aynan yuzaga kelgan penalti biroz bahsli holat bo'ldi. To'p “Turon” futbolchining qo'liga emas, balki uning yuzaga tekkani videolavhalarda yaqqol ko'rindi. Biroq aynan maydonda bo'lgan va o'sha vaziyatga yaqin turgan bosh hakam Viktor Seraziddinov bu vaziyatni ko'rmay qoldi (balki, ko'rgan bo'lishi ham mumkin). O'yinda so'ng esa yaypanliklar bosh murabbiyi Islombek Ismoilov jurnalistlarga bergan intervyusida futbolni korrupsiyadan tozalayotgan kishilar ishni oxirgacha qilmaganini iddao qildi va bu kabi holatlar qachongacha davom etishini so'radi. Hamkasbimiz Fahriddin Ro'ziev yozganidek, Ismoilov avval karerasini o'rtaga qo'ydi, keyin gapirdi. Turon FK bechoralarga qur'a ham juda noqulay kelibdi-da. Birinchi tur Qo'qon bilan. Ikkinchi tur Jizzax bilan. A bu ikki joy qonundan tashqarida-ku. Turon superligani yo bor qiladi, yo...) Turonni treneri molodec! To'g'ri olsa ishini oladi. Rizq xudodan. "Bu xaromilarga kim chora ko'radi? Shumi korrupsiyaga qarshi kurash" (s) Turon murabbiyi Islom Ismoilovni ximoya qilish kerak. - Qachongacha? Turon treneri yomon gapiribdi. Qoyil. Qani anu PFLni toza chempionat qilamiz degan aqllilar. Islom Ismoilov mujik bola ekan, ko'pchilik gapiromagan gappi etipti
Shundan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda ko'pdan-ko'p fikrlar yangradi. Biz Tvittyerdagi fikrlarni yig'ib chiqdik.
Foydalanuvchilardan birining aytishicha, Qo'qon va Jizzax qonundan tashqari joylar ekan:
[instagram] [/instagram]
yo…
[instagram] [/instagram]
Yuqorida takidlanganidek, “Turon” murabbiyi avval karerasini o'rtaga qo'ydi, keyin gapirdi.
[instagram] [/instagram]
Toza futbol bu utopiya. Bu gapni gapiradiganlar ham o'zlari ishonishmaydi. Gapirilishi uchun, mani shu narsaga qarshi deb o'ylashsin deb gapiradi. Manfatiga to'g'ri kelib qolsa tupurib qo'yibdi toza futbolga.
Hojiboy Tojiboevni eslab:
[instagram] [/instagram]
Qo'rqmadi, xe dedi xakamlaringayam dedi, bokovoylaringayam dedi. https://t.co/MIZBl42xDq
Murabbiyga himoya zarurmi?
[instagram] [/instagram]
Bu savolga kimda javob bor?
[instagram] [/instagram]
-...
PFLning hakamlarga aloqasi yo'q ekanligini eslatib o'tish joiz, lekin mana bunday fikrlar ham yangradi:
[instagram] [/instagram]
Murabbiy qachondir, kimdir aytishi kerak bo'lgan gaplarni gapirdi, deb yozgandi Fahriddin Ro'ziev ham.
[instagram] [/instagram]
Og'abek Samisov tayyorladi



