"Turon" Qozog'iston vice-chempionini mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
8 fev 2023
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan Yaypanning "Turon" klubi Qozog'iston vice-chempioni "Aktobe" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

O'yinda faol harakat qilgan vodiy klubi har ikkala taymda raqib darvozasini bir martadan aniq nishonga oldi. Ikkinchi bo'limda Qozog'iston klubi ham "Turon" darvozasiga yo'l topdi. Shunga qaramay, yaypanliklar g'alabani tantana qildi.


"Aktobe" (Qozog'iston) - "Turon" (O'zbekiston) 1:3

Gollar: Azim Ahmedov, 32 (0:1), Xumoyun Murtozaev - pen., 46 (0:2), Dmitriy Yashin-pen., 56 (1:2), Shohnazar Norbekov 86.

"Turon": To'xtaboev, Chichinadze, Avilov, Chobanov, Muxtorov, Ahmedov, Abduraimov, Ro'ziev, Toshmirzaev, Stoilkovich, Murtozaev

Zaxira: Davronov, Toshtemirov, Aliev, Abdurashidov, Kamolov, Isakov, Ibragimov, Norbekov

"Aktobe": Lobancev, Gadrani, Yashin, Qibiray, Shomko, Julla, Eremenko, Raichkovich, Ruslanuli, Baytana, Videmon


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia