"Turon" klubi mashg'ulotlari davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2020
Islom Ismoilov boshqaruvidagi Yaypanning "Turon" jamoasi PRO-Liga yangi mavsumiga tayyorgarlik mashg'ulotlarini davom ettirmoqda.

Klub mashg'ulotlari yaqinda qayta ta'mirdan chiqarilgan "O'zbekiston" o'yingohida, shuningdek jamoaga tegishli bo'lgan zaxira maydonlarida tashkil etilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Turon" 9 iyun kuni Namangandagi "Markaziy" stadionda "Navbahor"ga qarshi nazorat bahsini o'tkazadi.

Quyida bugungi mashg'ulotlardan olingan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:


"Turon" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia