"Turon" futbol klubi yosh futbolchilar uchun tanlov e'lon qiladi!

Administrator
7 iyul 2022, 22:53
"Turon" futbol klubi yoshlar jamoalari tarkibiga 2011-2012 yillarda tug'ilgan futbolchilar uchun tanlov e'lon qiladi.

Joriy yilning 20-iyul sanasida boshlanadigan tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan yosh futbolchilardan talab etiladigan hujjatlar:

- Tug'ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport nusxasi,

- Nomzod yosh futbolchining otasi yoki onasi, vasiysiga tegishli pasport nusxasi,

- 026 yoki 086 tibbiy ma'lumotnoma.

Mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan yosh futbolchilar hujjatlarni joriy yilning 18-iyul kuniga qadar telegram tarmog'i orqali +998999589017 aloqa raqamiga yuborishlari mumkin. 

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon: +998905063383

Imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang!

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia