

Rossiya fuqarosi hisoblangan markaziy himoyachi Sergey Morozov "Turon" bilan rasmiy shartnomaga imzo chekdi.
Ma'lumot uchun, jamoamizning yangi a'zosi bugunga qadar "Torpedo" (Moskva), "Amkar", "Neftximik", "SKA-Energiya", "Avangard" (Kursk), "Zvezda" (Perm), "Volga" (Ulchnovsk), "Kamaz" jamoalarida o'ynagan. Shuningdek, u 2006 yilgi mavsumda Rossiya (U-17) terma jamoasi safida Yevropa chempionligini qo'lga kiritgan.



