"Turon" bugunning o'zida uchinchi legioner transferini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
15 fev 2023, 21:07
Gruziyalik Zakariya Beglarishvili "Turon" a'zosiga aylandi.

Yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish maqsadida vodiyliklar safiga bir qator futbolchilar kelib qo'shilmoqda. Xususan, Gruziyalik hujumkor yarim himoyachi Zakariya Beglarishvili klub bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Beglarishvili faoliyati davomida "Dila", "Ayaks", "Olimpi", "Lokomotiv Tbilisi" kabi klublar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u Gruziyaning turli yoshdagi terma jamoalari safida ham o'ynagan.

Avvalroq klub safiga serbiyalik futbolchi Milan Bojovich hamda Chernorgoriyalik Nikola Kumburovich kelib qo'shilgani haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Турон" ФК матбуот хизмати