Turning markaziy o'yinida kuchlar teng keldi

Aslanov Jasurbek
1 fev 2017, 03:16
Angliya Premer-ligasi 23-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv “Enfild Roud” stadionida bo'lib o'tdi.

Unda “Liverpul” turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan Londonning “Chelsi” klubini qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobida durang o'ynashdi.

Diego Kosta o'yinning 77-daqiqasida belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmadi. Minole o'zining ajoyib seyvi evaziga Kostaning zarbasini bartaraf etdi.  


“Liverpul” – “Chelsi” 1:1 (0:1, 1:0)

1 fevral, 01.00. “Enfild Roud” stadioni

Gollar: 0:1 – 24 David Luiz, 1:1 – 57 Veynaldum.

“Liverpul” – Minole, Lovren, Matip, Klayn, Lallana (Origi, 90), Jan, Koutino (Mane, 75), Veynaldum, Firmino, Xenderson, Milner.

“Chelsi” – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes, Villian (Fabregas, 83), Kante, Azar (Pedro, 72), Diego Kosta (Batshuayi, 90).

Ogohlantirishlar: Xenderson (45), Milner (59), Villian (79).

Amalga oshirilmagan penalti: Diego Kosta, 77  


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif