Turkmaniston - O'zbekiston o'yinini boshqarib boradigan hakamlar ma'lum

Nozimov Nig'monxo'ja
15 noya 2023
O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi Turkmanistonga qarshi uchrashuvini yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi

Bosh hakam – Hiroyuki Kimura. Unga qanotlarda hamyurtlari Kota Vatanabe va Takumi Takagi yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Hiroki Kasaharaga topshirilgan. 

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv 16-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da “Ashxobod” stadionida start oladi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia