

O'zbekistonning ertangi raqibi Turkmaniston terma bu musobaqaga optimal tarkib bilan kelishga harakat qilgan. Xususan terma jamoa safida o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Arslanmirat Amanov ham bor. Ushbu futbolchi hozirda Turkmaniston terma jamoasining eng qimmat futbolchisi bo'lib turibdi. Transfermarket portali Amanovning narxini 200 ming evroga baholagan. Keyingi o'rinda Altimurad Annadurdiev keltirilgan, 175 ming evro.
Ma'lumot uchun, uchrashuv ertaga "Bunyodkor" stadionida 20:30da start oladi.



