Turkiya kompaniyasi "Chig'atoy"da sun'iy qoplamali maydon quradi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2018, 16:57
2017 yilning so'ngida Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vice prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan rasmiy uchrashuv o'tkazgan edi.

Uchrashuvda mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga asoslangan turli loyihalar bo'yicha o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan hamda OFK tomonidan O'zbekistonda bolalar uchun mo'ljallangan mini-futbol maydonchalari barpo etilish uchun mablag' ajratilishiga kelishilgan edi.

Ushbu kelishuvga asosan Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan bir qator qurilish kompaniyalari o'rtasida maxsus tender o'tkazildi. Tendyerda sport inshootlarini barpo qilish bo'yicha katta tajribaga ega bo'lgan Hatko kompaniyasi g'olib chiqdi.
Hatko kompaniyasi mutxassislari bugun poytahtimiz Toshkent shahriga yetib kelishdi. Kunning birinchi qismida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari hamda Hatko kompaniyasi mutxassislari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda “Chig'atoy” sport bazasida quriladigan sun'iy qoplamali maydonning loyihasi muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi qismida muhokama “Chig'atoy” sport bazasida davom etdi. Turkiya kompaniyasi vakillari stadion quriladigan er maydonini ko'zdan kechirib, qurilishni boshlash uchun zarur bo'ladigan chora-tadbirlarni belgilab olishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com