Turkiya Superligasi. "Istanbul derbisi"da jamoalar bittadan ochko olishdi

22 mar 2021, 02:08
Erol Bulut boshchiligidagi "Fenerbahche" o'yinchilari Turkiya chempionatining 31-turida Sergan Yolchin boshchiligidagi "Beshiktosh" maydonida mehmon bo'lishdi.

Uchrashuvda durang natija qayd etildi. Dastlab, o'yinda hisob mezbonlar himoyachisi Domogoy Vida tomonidan ochilgan bo'lsa, muvozanatni tiklovchi golga O'zan Tufon mualliflik qildi. Ma'lumot uchun, "Beshiktosh" Superliga musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda, "Fener" esa 3-bo'lib turibdi → TURNIR JADVALI.

Beshiktosh – Fenerbaxche 1:1

21 mart, 21.00, "Vodafon Park"

Gollar:

1:0 – 48 Vida, 1:1 – 89 Tufan.

Beshiktosh – Destanoglu, Nsakala, Roze, Vida, Velinton, Souza, Lyayich (Mensa, 73), Xatchinson (Uysal, 90), Gezzal, Abubakar, Larin (Nkudu, 89).

Fenerbaxche – Bayyndyr, Sangare, Aziz (Tisseran, 60), Erkin, Salai, Kaxvedji (Sosa, 58), Luis Gustavo, Oseyi-Semyuel (Tufan, 74), Pelkas, Samatta (Tyam, 59), Valensiya (Kadioglu, 75).

Ogohlantirishlar:

Samatta (31), Larin (35), Valensiya (47), Aziz (58), Sosa (79), Pelkas (90), Gezzal (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia