Turkiya. Otabek Shukurov jamoasi so'nggi soniyalarda g'alabani qo'ldan chiqardi

Aslanov Jasurbek
15 yanv 2023, 20:16
Turkiya chempionatining 19-turida "Fotih Karagyumruk" "Qosimposhsha" mehmoni bo'ldi.

Pirlo boshchilik qilayotgan "Karagyumruk" o'zidan 5 pog'ona pastdagi jamoani mag'lub etishga yaqin kelgandi. Avvaliga hisobni mezbonlar ochishdi. Ikkinchi bo'lim boshida Otabek Shukurov jamoadoshlari Ibragim Dreshevich va Fabio Borinilar raqib darvozasini ishg'ol qilib, "Karagyumruk"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq bahsning so'nggi soniyalarida Stefan Baoken hisobni 2:2 ko'rinishga keltirdi.

Ushbu bahsni hamyurtimiz Otabek Shukurov asosiy tarkibda boshladi. Shukurov 90-daqiqada Samed Onurga almashtirildi.



"Qosimposhsha" - "Fotih Karagyumruk" 2:2

Gollar: Xaderjonay 30 (pen.), Baoken 90+ - Dreshevich 51, Borini 62.

"Fotih Karagyumruk": Batuxan, Dreshevich, Myunir Levent, Baniya, Biraski, Richchi, Ozdoev (Anvan 79), SHUKUROV (Onur 90), Kolli (Ugur 90), Kozim Richards, Borini (Fray Koyunlu 71).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia