Turkiya Futbol Federatsiyasi zilziladan jabr chekkanlarga yordam ko'rsatuvchi jamg'armaga 1 mln dollar xayriya qildi

Sherzod Nurmatov
7 fev 2023, 13:41
Turkiya Futbol Federatsiyasi halokatli zilzila munosabati bilan Turkiyaning Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish boshqarmasi (AFAD) jamg'armasiga 20 million lira (1 million dollardan sal ko'proq) yubordi.

Bu haqda federatsiya saytida xabar berildi.

6 fevral kuni Turkiyada 7,8 magnitudali kuchli zilzila sodir bo'ldi.  

"Bizning yuragimiz vayronalar ostida qolib ketgan yoki u yerdan olib chiqilishini kutayotgan birodarlarimiz bilan birga urib turibdi. Butun Turkiyaning o'y-fikri azob chekayotganlar haqida.

Mamlakatimiz so'nggi paytlarda duch kelgan eng katta ofatlardan biri bo'lgan ushbu zilzila asoratlari birgalikda davolaymiz, deb ishonamiz.

Milliy terma jamoalarimizning barcha a'zolari, klublarimiz va ularning rahbarlari, barcha futbolchilarimiz, murabbiylarimiz, hakamlarimiz, muxlislarimizni xayriya akciyamizni qo'llab-quvvatlashga taklif qilamiz", – deyiladi bayonotda.

Turkiyadagi zilzila oqibatida "Sivasspor" murabbiyining 15 nafar qarindoshi halok bo'ldi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tff.org