Turkiya chempionati o'yinidan so'ng futbolchilarga qurolli hujum uyushtirildi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2023, 12:33
Turkiya 3-ligasi doirasidagi "Buyukchashma Tepecikspor" – "Darija Genchlerbirlii" uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa futbolchilariga qurolli hujum amalga oshirildi.

Turkiya OAV hodisa oqibatida bir necha futbolchi jarohat olgani haqida xabar berilmoqda.

O'yin yakunlangandan so'ng tribunada o'tirgan "Darija Genchlerbirlii"ning 5 nafar a'zosi kiyinish xonasiga chiqmoqchi bo'lganida hujumga uchradi. Klub mutasaddilarining aralashuvidan keyin sarosima yuzaga keldi va bazi futbolchilar bundan jabrlandi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv "Buyukchashma Tepecikspor"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia